Bugun 25 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

2026 yildan davlat xizmatchilarining oyligi bir xillashtiriladi

2026 yildan davlat xizmatchilarining oyligi bir xillashtiriladi

Kelasi yildan boshlab barcha davlat organlarida ishlovchi xizmatchilar uchun ish haqi tenglashtiriladi. Yangi tartib bir xil malaka va vazifadagi xodimlarga bir xil maosh to‘lanishini nazarda tutadi.

2026 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekistonda barcha davlat xizmatchilari uchun yagona maosh tizimi joriy etiladi. Yangi tartibga ko‘ra, bir xil malaka va lavozimdagi xodimlar, qaysi idorada ishlashidan qat’i nazar, bir xil oylik oladi.

Masalan, ikki xil vazirlikda ishlayotgan, tajribasi va vazifasi teng bo‘lgan yetakchi mutaxassislar uchun ish haqi farq qilmaydi. Bu tizim davlat xizmatchilarining oyliklaridagi nomutanosiblikni bartaraf etish, tashkilotlar o‘rtasida kadrlar oqimini kamaytirish va sohaga barqarorlik olib kirishni maqsad qilgan.

Mazkur o‘zgarish davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan isloh qilishga qaratilgan PF-95-sonli Prezident Farmoniga muvofiq amalga oshiriladi. Tegishli mexanizm va hisob-kitoblar 2025 yil 1 noyabrgacha ishlab chiqilishi va Prezidentga taqdim etilishi lozim.

Mutaxassislarning fikricha, ushbu yondashuv ish haqi bo‘yicha adolatli tizimni shakllantirish, davlat xizmatining jozibadorligini oshirish va kadrlar sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.

Kiritildi: 17:32 23.06.2025. O'qildi: 811 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!