Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida bir necha yuz minglab kuzatuvchilarga ega bo‘lgan blogerlar o‘zlariga tegishli sahifalarda bukmekerlik xizmatlarini reklama qilayotgani aniqlangan.
Xususan, jasjannew, allme. uz, sherxon.zdss, hojiakbar_ku kabi taxalluslar bilan ijod qiluvchi bloger hamda vaynerlar ma’muriy javobgarlikka tortildi.
ℹ️ Ma’lumot uchun: "Reklama to‘g‘risida"gi qonunga ko‘ra, O‘zbekistonda qimor o‘yinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni reklama qilish taqiqlanadi. Bunday faoliyatni reklama qilish tegishli javobgarlikka sabab bo‘ladi.