Bu haqda mamlakatning Atom energiyasi agentligi bayonot berdi, deb xabar bermoqda Reuters.
Agentlik bayonotida ta’kidlanishicha, Eron “mamlakatning sanoat rivojlanishini” — ya’ni yadroviy infratuzilmasini to‘xtatishga yo‘l qo‘ymaydi.
Shuningdek, agentlik AQShning harakatlarini xalqaro huquq va Yadroviy qurollarni tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomani buzish deb baholadi va Xalqaro atom energiyasi agentligini (MAGATE) befarqlikda aybladi, deb xabar bermoqda Reuters.