Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu xalqqa murojaatida Donald Trampga Erondagi yadroviy ob’ektlarga berilgan zarbalar uchun minnatdorchilik bildirdi
Netanyahuning eslatishicha, 13 iyun kuni Eronga qarshi operasiya boshida u yadroviy ob’ektlar qanday bo‘lmasin yo‘q qilinishiga va’da bergan va bu va’da bajarilgan.
Isroil bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, AQSh zarbalarni Isroil mudofaa armiyasi (SAXAL) bilan to‘liq muvofiqlikda amalga oshirgan. Netanyahuning aytishicha, Tramp zarbalardan so‘ng darhol unga qo‘ng‘iroq qilgan, bu suhbat “juda samimiy va ta’sirli” bo‘lgan.
Netanyahu Trampning Eronga zarba berish to‘g‘risidagi “jasoratli qarori” tarixni o‘zgartirganini qayd etdi.
Shuningdek, u AQSh prezidentining ushbu qarori "Yaqin Sharqqa barqarorlik olib kelishi"ga ishonishini bildirdi.