Tramp Eron yadroviy ob’ektlariga berilgan zarba Tehronni muzokaralarga qaytishga majbur qilishiga umid qilmoqda, shuning uchun u hozircha yangi hujumlarni rejalashtirmayapti, deb xabar bermoqda CNN.
Telekanal manbalariga ko‘ra, so‘nggi bir necha kun ichida AQSh prezidenti Eronning kuchli mustahkamlangan yadroviy ob’ektlarini yo‘q qilish uchun Amerika qo‘shinlarini qo‘llash zarurligiga tobora ko‘proq ishonch hosil qilgan. Uning fikricha, diplomatiya boshi berk ko‘chaga kirib qolgani aniq bo‘lgan bir paytda prezident shunday qarorga keldi.