Bugun 23 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

“Instagramingizga qarab viza beramiz!” — AQSh vizasi uchun yangi talab e’lon qilindi

“Instagramingizga qarab viza beramiz!” — AQSh vizasi uchun yangi talab e’lon qilindi

21 iyundan boshlab AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi talabalar va almashinuv dasturlari uchun beriladigan F, M va J turdagi vizalarga yangi qoidalarni tatbiq qilmoqda.

Endi viza olish uchun ariza beruvchilar so‘nggi 5 yilda foydalangan barcha ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarini ko‘rsatishi shart. Shuningdek, akkauntlarning “profili” omma uchun ochiq bo‘lishi tavsiya qilinyapti.

Agar ma’lumotlar to‘liq va to‘g‘ri bo‘lmasa, viza rad etilishi mumkin.

Ma’lumot uchun:
• F vizasi — universitet, kollej va til kurslari uchun;
• M vizasi — kasbiy va texnik o‘quv kurslari uchun;
• J vizasi — ilmiy va madaniy almashinuv dasturlarida ishtirok etish uchun beriladi.

Kiritildi: 23:25 21.06.2025. O'qildi: 1047 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!