Bugun 23 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Ukraina Rossiyaga yordam berayotganlarga nisbatan sanksiyalarni kuchaytiradi

 Ukraina Rossiyaga yordam berayotganlarga nisbatan sanksiyalarni kuchaytiradi

Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining kechki murojaatida mamlakat ichkarisidagi sanksiyalar bo‘yicha ishlar faollashtirilishini ma’lum qildi.

"Ukrainada ham sanksiyalar bo‘yicha barcha ishlarni faollashtiramiz. Shunday qilib, hozirgacha Rossiyaga yordam berayotgan, u bilan qandaydir shaklda hamkorlik qilayotgan yoki bosib olingan hududlarda biznesini saqlab qolayotgan har bir kishi — bunday faoliyat mutlaqo jinoyat ekanini his etishi kerak", — deya ta’kidladi prezident.

Avvalroq Zelenskiy Rossiyaga dron ishlab chiqarishda foydalaniladigan mahsulotlarni yetkazib berayotgan xitoylik kompaniyalarga qarshi sanksiyalar kiritgan edi.

Kiritildi: 23:15 21.06.2025. O'qildi: 648 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!