Bugun 22 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Malayziyada ham Telegram taqiqlandi

Malayziyada ham Telegram taqiqlandi

Malayziya aloqa va multimedia komissiyasi Telegram va uning ikkita kanali — «Edisi Siasat» va «Edisi Khas»ga zararli kontent tarqatishda ayblanib, vaqtinchalik sanksiyalar joriy qildi

Malayziya regulyatori Telegramning tizimli qoidabuzarliklariga va platformaning jamoatchilik ishonchiga putur yetkazishi va millatlararo yoki diniy ziddiyatlarni kuchaytirishi mumkin bo‘lgan kontentni zudlik bilan olib tashlamasligiga ishora qiladi.

«Bu, ayniqsa, Telegram ilovalar xizmati tomonidan lisenziyalanganligini hisobga olsak, ijtimoiy media platformasiga qarshi birinchi sud jarayonidir», — deyiladi xabarda.

Avvalroq, Dog‘iston va Chechenistonda Telegram bloklangan edi.

Kiritildi: 20:45 20.06.2025. O'qildi: 598 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!