MAGATE rahbari Rafael Grossi ham Isroil hujumlari boshlanganda Eron yadro qurolini ishlab chiqmayotganini aytdi.
“Bizda Eron yadroviy qurol yaratish bosqichiga o‘tgani, ya’ni uran olib, yadroviy qurol yaratish uchun uni qayta ishlashni boshlagani haqida hech qanday aniq dalil yo‘q”, dedi Grossi La Nacion gazetasiga. Biroq u Tehron MAGATE bilan “kerak bo‘lganidek” hamkorlik qilmayotganini ta’kidladi.
AQSh Iroqqa huddi shu kabi yolg‘on sabablar bilan qo‘shin kiritgan edi. Iroqdagi harbiy harakatlar boshlanishining rasmiy sababi, AQSh tomonidan ta’kidlanganidek, rejimning xalqaro terrorizm, xususan, Al-Qoida harakati bilan aloqasi, shuningdek, ommaviy qirg‘in qurollarini qidirish va yo‘q qilishdir. Asosan kimyoviy qurollar ekani aytilgan. Saddamni ag‘dargandan so‘ng oradan yillar o‘tib "Biz adashibmiz" deb bayonot berilgan, xolos.