Bugun 22 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Ispaniya NATOning harbiy xarajatlarni oshirish talabini qo‘llab-quvvatlamadi

Ispaniya NATOning harbiy xarajatlarni oshirish talabini qo‘llab-quvvatlamadi

Ispaniya NATOning harbiy xarajatlarni yalpi ichki mahsulotning 5 foizigacha oshirish haqidagi taklifini rad etdi, deya xabar beradi AZERTADJ.

Ispaniya hukumati NATO Bosh kotibi Mark Ryuttening yaqinlashib kelayotgan alyans sammitida mudofaa xarajatlarini yalpi ichki mahsulotning (YAIM) 5 foizigacha oshirish taklifini rad etdi.

RTVE teleradiokorporasiyasining xabar berishicha, bu haqda Ispaniya Qirolligi bosh vaziri Pedro Sanchesning maxsus maktubida ma’lum qilingan. Hukumat rahbari bunday majburiyatni asossiz va samarasiz deb hisobladi. Shuningdek, u NATOga a’zo har bir davlat o‘z harbiy xarajatlarini oshirish bo‘yicha mustaqil qaror qabul qilishi mumkinligini ta’kidladi.

Shunga qaramay, Bosh vazir Ispaniyaning NATOga to‘liq sodiqligini yana bir bor tasdiqlab, mamlakat “yaqin yillarda o‘z majburiyatlarini bajarishda davom etishini” va “Evropa xavfsizlik arxitekturasiga faol hissa qo‘shishini” aytdi.

Kiritildi: 20:15 20.06.2025. O'qildi: 557 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!