2025 yil may oyida AQShning kichik posilkalarga nisbatan tarif siyosati keskin o‘zgardi va bu holat Xitoyning Temu, Shein kabi onlayn gigantlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Pochta eksporti hajmi 40 foizga kamayib, 1 mlrd dollarga tushib ketdi — bu 2023 yil boshidan buyon eng past ko‘rsatkichdir.
Masalaning asosiy sababi — AQSh tomonidan 2 maydan boshlab amalga kiritilgan «de minimis» qoidalarining bekor qilinishi bo‘ldi. Endi 800 dollargacha bo‘lgan posilkalar uchun bojxona imtiyozlari amal qilmaydi. Yanada muhimi — kiyim-kechak, maishiy tovarlar va elektronika uchun bojxona bojlari 54 foizgacha oshirildi.
Bu holat natijasida Temu va Shein narxlarni oshirishga majbur bo‘ldi, ammo bu ularning savdo hajmiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Savdodagi pasayish ikki raqamli foizda qayd etildi. Xitoylik tadbirkorlar esa endi mahsulotlarni ommaviy ravishda ombor orqali yetkazishga majbur bo‘lmoqda, bu esa yuz minglab yuanlik xarajatlarni keltirib chiqarmoqda.
Bunday o‘zgarishlar AQSh bozoriga arzon va tez chiqish imkoniyatini yo‘qotgan yuz minglab qitaylik sotuvchilar uchun jiddiy to‘siq bo‘ldi. Mahalliy iste’molchilar esa raqobatning kamayishi tufayli narxlar oshishiga duch kelishi mumkin.
Ushbu tartib o‘zgarishlaridan keyin Malayziya, Belgiya va Janubiy Koreya kabi bozorlarda Xitoy posilkalari oqimi ortib bormoqda. Bundan ko‘rinib turibdiki, Xitoy eksportchilari AQShdan boshqa yo‘nalishlarga burilishga harakat qilmoqda.