Bugun 22 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Iron Beer-Shevaga raketa zarbasini berdi – Microsoft ofisi yaqinida portlash, 6 kishi jabrlandi

Iron Beer-Shevaga raketa zarbasini berdi – Microsoft ofisi yaqinida portlash, 6 kishi jabrlandi

2025 yil 20 iyun kuni Iron Isroilning janubida joylashgan Beer-Sheva shahriga raketa zarbasini yo‘lladi. “Magen David Adom” tez tibbiy yordam xizmati ma’lumotiga ko‘ra, raketa Microsoft kompaniyasi ofis binosi yaqiniga tushgan. Hodisa oqibatida 6 kishi yengil jarohat olgan.

Islom inqilobi saqchilari korpusi (IRGC) bildirishicha, hujumdagi asosiy nishon aynan Microsoft ofis binosi bo‘lgan. Bayonotda ta’kidlanishicha, “Yahudiy davlati daromadining yarmi texnologik kompaniyalar eksportiga bog‘liq, Microsoft esa Isroil armiyasi bilan AI va raketa perexvati sohalarida hamkorlik qiladi”.
Isroil armiyasi javoban, shu kunning tongida 60 ta harbiy samolyot orqali Tehron va boshqa hududlardagi raketa sanoati ob’ektlari hamda yadroviy tadqiqot markazlariga zarbalar yo‘llaganini ma’lum qildi.

Kiritildi: 16:58 20.06.2025. O'qildi: 846 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!