Bugun 20 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Xorazmda 18 yoshli o‘smir Tico’da YTHga uchrab, vafot etdi

Xorazmda 18 yoshli o‘smir Tico’da YTHga uchrab, vafot etdi

Kecha, 17 iyun kuni Xorazm viloyatida 2007 yilda tug‘ilgan o‘smir yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, taxminan soat 01:45 larda Bog‘ot tumani hududida o‘tgan yo‘lda 2007 yilda tug‘ilgan va haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan, ushbu tumanda yashovchi N.SH. o‘z boshqaruvidagi Tico avtomashinasida tezlikni oshirib, boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetiga chiqib ketib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Hodisa oqibatida Tico haydovchisi olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Bog‘ot tumani Ichki ishlar bo‘limi tergov bo‘linmasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 23:15 18.06.2025. O'qildi: 745 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!