Bugun 19 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Szinpin: "Ikkinchi jahon urushidagi g‘alaba natijalarini himoya qilish kerak"

Szinpin: "Ikkinchi jahon urushidagi g‘alaba natijalarini himoya qilish kerak"

Ikkinchi jahon urushidagi G‘alaba natijalarini himoya qilish va uning voqealariga to‘g‘ri tarixiy qarashni ilgari surish zarur, dedi XXR raisi Si Szinpin 17 iyun kuni.

Uning Ostonada bo‘lib o‘tgan "Xitoy-Markaziy Osiyo" sammitidagi nutqi ko‘rsatuvi Xitoy markaziy televideniyesi orqali namoyish etildi.

"Biz to‘g‘ri tarixiy istiqbolni ilgari surishimiz, Ikkinchi jahon urushidagi G‘alaba natijalarini himoya qilishimiz va xalqaro tizimni, uning zamirida Birlashgan Millatlar Tashkilotini qo‘llab-quvvatlashimiz kerak", dedi Xitoy rahbari.

Xitoy rahbari bu yil G‘alabaning 80 yilligi nishonlanishini eslatdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, urushning og‘ir yillarida Xitoy va Markaziy Osiyo xalqlari bir-birini qo‘llab-quvvatlagan, baxtu qayg‘uni birgalikda baham ko‘rgan.

10 iyun kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabani AQShga bog‘ladi. Uning fikricha, Sovet Ittifoqi bunga erishish uchun faqat "yordam berdi".

Kiritildi: 10:10 18.06.2025. O'qildi: 1135 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!