Isroil va Eron o‘rtasidagi harbiy mojaro tufayli Birlashgan Arab Amirliklarida deyarli ikki ming rossiyalik sayyohlar qolib ketdi, deb yozadi "Izvestiya" gazetasi Rossiya sayyohlik sanoati ittifoqi ma’lumotlariga tayanib.
Ayni paytda BAAda Eron va Isroil ustidan havo hududi yopilganligi sababli Rossiyaga ucha olmayotgan 1,9 mingga yaqin rossiyalik sayyohlar bor.
"Eng og‘ir vaziyat 13-14 iyun kunlari bo‘lgan. O‘shanda havo hududi yopilganligi sababli o‘z reyslarini kutayotgan 5-10 ming yo‘lovchi bor edi", - dedi Rossiya sayyohlik sanoati ittifoqi vise-prezidenti Dmitriy Gorin.
Endi aviakompaniyalar yo‘lovchilarni BAAdan Rossiyaga qaytarish uchun reyslar sonini oshirmoqda.
Qolgan sayyohlar, asosan, BAAning Sharja, Abu-Dabi va Dubay shaharlarida, biroq Shri-Lanka, Tailand va Maldiv orollaridan ucha olmayotgan rossiyaliklar ham bor.