Bugun 19 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Karni: "G7 yetakchilari Trampning Ukraina tinchligi borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlamoqda"

Karni: "G7 yetakchilari Trampning Ukraina tinchligi borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlamoqda"

G7 ("Katta yettilik") davlatlari yetakchilari AQSh prezidenti Donald Trampning Ukraina mojarosini tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatladi.

Bu haqda seshanba kuni "Katta yettilik" sammiti raisi, Kanada bosh vaziri Mark Karni e’lon qilgan bayonotida aytilgan.

"Katta yettilik yetakchilari prezident Trampning Ukrainada adolatli va mustahkam tinchlikka erishish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi”, — deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, bayonotda “Katta yettilik” yetakchilari Rossiyaga, jumladan, moliyaviy sanksiyalar orqali bosimni kuchaytirmoqchi ekanliklari qayd etilgan.

Avvalroq AQSh e’tirozlari tufayli “Katta yettilik” Ukraina bo‘yicha bayonotga kelishmagani xabar qilingandi. Buning o‘rniga Karni sammit raisi sifatida alohida bayonot berdi.

G7 tashkilotchilari saytida tomonlar oltita qo‘shma bayonot bo‘yicha kelishib olgani va imzolangani qayd etilgan. Bular nodir yer metallari, sun’iy intellekt, kvant hisoblash, noqonuniy migrasiya, o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurash va transmilliy repressiyalar haqidagi bayonotlardir.

Kiritildi: 09:31 18.06.2025. O'qildi: 485 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!