AQSh ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem kasalxonaga yotqizildi.
Bu haqda CNN telekompaniyasi manbalarga tayanib xabar berdi.
Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, Noem seshanba kuni tez yordam mashinasida Vashingtondagi kasalxonaga olib ketilgan. Vazir hushida va allaqachon xavfsizlik xodimlari bilan gaplashgan.
Kasalxonaga yotqizish sabablari haqida ma’lumot berilmagan.