Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy G‘arb davlatlaridan yillik moliyaviy yordam sifatida 40 milliard dollar so‘radi.
U bu haqda "Katta yettilik" (G7) yetakchilarining navbatdan tashqari yig‘ilishida bayonot berdi.
"Ukrainaga har yili byudjetdan 40 milliard dollar yordam berish - bizning barqarorligimiz uchun muhim, toki bizning mamlakatimiz o‘zini ushlab turishda davom etishi mumkin. Va bu G7 yetakchilarining, jumladan, AQShning umumiy qarori bo‘lishi kerak", - dedi u.
Ukraina rahbari, shuningdek, Kiyevni havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan ta’minlashni va uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina tomoni rivojlantirayotgan to‘xtatuvchi uchuvchisiz samolyotlar ishlab chiqarishni moliyalashtirishni so‘radi.