Davlat departamenti AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil va Eron o‘rtasidagi qurolli mojaro bilan bog‘liq masalalar bilan band bo‘lgani sababli Gaagadagi NATO sammitida qatnashmasligi mumkinligini istisno qilmadi.
Bu haqda AQSh Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Temmi Bryus jurnalistlar uchun o‘tkazilgan navbatdagi brifingda ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, Yaqin Sharqdagi voqealar "juda tez" rivojlanmoqda.
"Shunday ekan, men hamma narsa bo‘lishi mumkin, deb aytgan bo‘lardim. Ammo hozircha, bu saqlanib qolmoqda", - deya ta’kidladi diplomat Trampning Gaagaga tashrifini tashkil etish rejalari kuchda qoladimi, degan savolga javob berar ekan. “Biroq, albatta, biz prezidentning safari haqida gapiryapmiz, shuning uchun buni Oq uy hal qiladi”, deb qo‘shimcha qildi Bryus.
NATO sammiti 24-25 iyun kunlari Gaagada bo‘lib o‘tadi. Unda 45 ga yaqin davlat va hukumat rahbarlari, 45 tashqi ishlar va mudofaa vaziri, shuningdek, 6 mingga yaqin delegasiya a’zolari ishtirok etishi kutilmoqda. AQSh hukumati avvalroq Trampning sammitda qatnashish niyatini tasdiqlagan edi.