Bugun 19 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Rossiyaning Kiyevga uyushtirgan hujumida 16 nafar ukrainalik o‘ldi

Rossiyaning Kiyevga uyushtirgan hujumida 16 nafar ukrainalik o‘ldi

Rossiya Qurolli kuchlari bo‘linmalarining Ukraina poytaxti Kiyevga uyushtirgan yirik hujumi oqibatidagi qurbonlar soni 16 kishiga yetdi.

Bu haqda Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qutqaruvchilar qisman vayron bo‘lgan to‘qqiz qavatli bino vayronalari ostidan yana uch kishining jasadini olib chiqqan, qidiruv ishlari davom etmoqda.

17 iyunga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga 500 ga yaqin dron va o‘nlab raketalarni urib, yirik hujumga o‘tdi. Kiyevda eng katta vayronagarchilik Solomenskiy tumanida qayd etilgan, u yerda X-101 qanotli raketasi to‘qqiz qavatli binoga tegib, kirish joylaridan birini butunlay vayron qilgan.

Umumiy hisobda, hujum oqibatida 16 kishi halok bo‘lgan, yana 134 kishi jarohatlangan.

Kiritildi: 08:20 18.06.2025. O'qildi: 643 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!