Isroil Atom energiyasi xalqaro agentligi (MAGATE) tomonidan kuzatilayotgan Eron yadroviy inshootlariga hujum qildi.
Eronning BMTdagi doimiy vakili Amir Said Iravoniy BMT Xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishidan so‘ng jurnalistlarga shunday dedi.
Unga ko‘ra, harbiy va fuqarolik infratuzilmalariga ham zarba berilgan.
Diplomatning aytishicha, hujumlar Qo‘shma Shtatlarning to‘liq ko‘magida amalga oshirilgan. Iravani, shuningdek, Xavfsizlik kengashini Isroil zarbalarini to‘xtatish uchun shoshilinch choralar ko‘rishga chaqirdi.