Bugun 19 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

AQSh Suriyadagi yana ikkita bazadan qo‘shinlarini olib chiqib ketdi

AQSh Suriyadagi yana ikkita bazadan qo‘shinlarini olib chiqib ketdi

AQSh harbiylari Suriya shimoli-sharqidagi yana ikkita harbiy bazani tark etdi.

Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, Suriyaning Xasaka viloyatidagi Al-Vazir va Tell Beydar bazalari hozirda “Suriya demokratik kuchlari”ning kichik bo‘linmalari tomonidan qo‘riqlanmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, Amerika kontingenti "yaqinda ob’ektlarni tark etgan".

SDK qo‘mondoni Mazlum Abdi agentlikka bergan izohida, hududda qolgan bir necha yuz amerikalik askarning mavjudligi "ISHID tahdidini ushlab turish uchun yetarli emas"ligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi haftalarda guruh jangarilarining faolligi “sezilarli darajada oshgan”.

Eslatib o‘tamiz, 3 iyun kuni Pentagon vakili Saudiyaning Al Arabiya telekanaliga AQSh Suriyadagi ikkita harbiy bazani yopgani va yana birini SDK nazoratiga o‘tkazgani haqida ma’lum qilgandi.

Kiritildi: 07:40 18.06.2025. O'qildi: 564 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!