Bugun 19 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Rossiya Isroil va Eronga vositachilik qilishga tayyor

Rossiya Isroil va Eronga vositachilik qilishga tayyor

Rossiya Isroil va Eron o‘rtasidagi vositachilik harakatlariga tayyor.

Bu haqda Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya Nyu-Yorkda jurnalistlar oldida qilgan chiqishida ma’lum qilgan.

Diplomat Rossiya tomoni vaziyatni barqarorlashtirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishga tayyorligini ta’kidladi:

"Yaqinda Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Amerika yetakchisi Donald Tramp o‘rtasida suhbat bo‘lib o‘tdi. Putin Trampga bu masalada qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilishga tayyormiz, dedi. U to‘g‘ridan-to‘g‘ri Rossiyaning Isroil va Eron o‘rtasidagi taranglikni pasaytirish uchun vositachilik harakatlariga tayyorligini bildirdi".

Nebenzyaning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya hozirda mintaqada muayyan vositachilik missiyasini amalga oshirmayotgan bo‘lsa-da, diplomatik muvofiqlashtirish davom etmoqda: "Hozirda bizda Isroil-Eron qarama-qarshiligi bo‘yicha vositachilik yo‘q. Bunday masalalarda tomonlarning roziligi zarur".

Kiritildi: 06:50 18.06.2025. O'qildi: 497 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!