AQShning Eron bilan urushga kirishi – Isroil uchun g‘alaba qozonishdagi yagona imkoniyat, ammo Tramp bunday bayonotlar orqali blef qilayotgani ham mumkin.
Bunday fikrni Bi-bi-sining xavfsizlik masalalari bo‘yicha muxbiri Frenk Gardner bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, faqat AQShda Fordo shahrida joylashgan Eronning asosiy yadroviy inshootini yo‘q qilishga qodir bo‘lgan GBU-57 MOP bombasi mavjud — u 61 metr chuqurlikkacha nishonlarni ura oladi. Shuningdek, bu bombani tashishga qodir yagona samolyot — 13,6 tonnali yukni ko‘tara oladigan B-2 Spirit ham faqat AQShda bor.
«Hozirda ushbu samolyotlar Hind okeanidagi amerikano-britan bazasi — Diyego-Garsiyada joylashgan deb hisoblanmoqda. Ushbu baza Erondan 3796 km uzoqlikda bo‘lib, B-2 samolyoti uchun dosyaga yetarli masofada. Shuningdek, AQShning USS Nimitz avianossi boshchiligidagi avianoses zarba guruhi ham mintaqaga yo‘l olmoqda.
Shunday ekan, agar Isroil Eronni yadroviy qurol yaratish imkoniyatidan mahrum qilmoqchi bo‘lsa, u albatta Fordo masalasini hal qilishi kerak. Buni havodan amalga oshirolmaydi, ammo AQSh xohlasa, qila oladi», – deb yozdi Gardner.
«Hozir ko‘pchilik AQShning mintaqadagi harbiy harakatlarini diqqat bilan kuzatmoqda va savol bermoqda: bu Tehronni kelishuvga majburlash uchun qo‘rqitishmi yoki Amerika Trampning urushlarga qarshi pozisiyasiga qaramasdan, haqiqatda bu kurashga qo‘shilishga tayyormi?», – deb qo‘shimcha qildi u.