Ya’ni AQSh Isroil qo‘li bilan Eronni harbiy mag‘lub qilishga, o‘ziga bo‘y sundirishga intilmoqda. Aynan shu sababli iyun boshida Kiyev uchun mo‘ljallangan 20 ming raketa Isrolga jo‘natildi, deydi Sputnik harbiy sharhlovchisi Aleksandr Xrolenko.
Lekin bu urushda Amerika va Isroilning mag‘lubiyati muqarrar. Chunki Eron iqtisodiy kuchli, zamonaviy qurollangan va mafkuraviy jips davlat. Undan tashqari Eronning hududi Isroildan 75 marta katta va aholisi 10 baravar ko‘p.
Qolaversa, Eron bilan strategik hamkorlik shartnomasi imzolagan Rossiya, Xitoy va Pokiston ham chetda turmaydi.
Asosiysi, yangi urush boshlanishi bilan, Ukraina, barcha limitrof (tobe) davlatlar kabi, tarix chetiga uloqtiriladi, deydi ekspert.