Bugun 19 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Isroil Eron raketalarining uchdan bir qismini yo‘q qildimi?

Isroil Eron raketalarining uchdan bir qismini yo‘q qildimi?

Isroil “Qaytayotgan sher” operasiyasi davomida uch kun ichida Eronning uchirish qurilmalarining uchdan bir qismini yo‘q qilganini va keng ko‘lamli hujumni to‘xtatganini ma’lum qildi.

Isroil Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Eron 60 ta ballistik raketa uchirishni rejalashtirgan, ammo faqat 40 tasini uchira olgan — qolganlari uchish paytida yoki yerda yo‘q qilingan.

Isroil shuningdek, Tehron raketa arsenalini 8 mingtagacha oshirishni va Isroil havo mudofaa tizimini ortiqcha yuklashni rejalashtirgani haqida da’vo qilmoqda. Isroil armiyasi Eron fuqarolariga hujumlar oldidan oldindan ogohlantirish berar ekan, Eronning maqsadi harbiy ob’ektlar emas, balki aholi punktlari ekanini ta’kidlamoqda. Biroq, bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi: so‘nggi uch kun ichida Isroil hujumlari natijasida 220 dan ortiq odam halok bo‘lib, ularning aksariyoti ayollar va bolalar.

Isroil Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, uch kun ichida Isroil aviasiyasi 170 dan ortiq ob’ektni, jumladan yadro dasturi shtab-kvartirasi, yoqilg‘i omborlari va mudofaa zavodlarini nishonda olgan. Yadro quroli ustida ishlagan to‘qqiz olim halok bo‘lgan. Avvalgi razvedka rahbari Yosi Kupervasserning aytishicha, operasiya yillar davomida tayyorlangan. Biroq Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bu tayyorgarlik sakkiz oy davom etganini aytgan.

Tehron Isroilning raketa arsenali uchdan bir qismi yo‘q qilinganligi haqidagi bayonotlariga hozircha izoh bermadi. 13 iyundan beri Eron 270 dan ortiq raketa va dron uchirgan. Ochiq manbalarga ko‘ra, mamlakatda minglab ballistik raketalar va yuzlab dronlar, shu jumladan Shahed-136 mavjud. Isroil bazalarga zarba beryaptigan bo‘lsa-da, Eron arsenaliga jiddiy zarar yetkazilgani haqida ishonchli dalillar yo‘q.

Oldingi KSIR qo‘mondoni Moxsen Rezai Eron barcha jangovar arsenallarini to‘liq ishlatmaganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozircha faqat eski 1,5 tonna og‘ir portlovchi boshli raketalar ishlatilgan. U kelajakdagi zarbalar “ancha kuchli” bo‘lishini va’da qilgan. Rezai fikricha, Eron faqat javob berishni boshlagan va haqiqiy imkoniyatlari hali ishga solinmagan.

Eron oliy rahbari Ali Xamney 13 iyunda kamdan-kam qilgan telemurojaatida Isroil “urush boshlaganini” va to‘liq javobgarlikka tortilishini aytdi. U “sionist rejimini tizzasiga yiqitadigan” qat’iy va og‘riqli javob berilishini va’da qildi.

Eron rasmiylari va KSIR Isroilga qarshi zarbalarni “kuchli va aniq qasos” deb atashdi. Ular ogohlantirdi: agar Isroil yoki uning ittifoqchilari keskinlikni davom ettirsa, yangi hujumlar bo‘ladi. Eron operasiyasi “Haqiqiy va’da III” nomi bilan atalmoqda.

Kiritildi: 13:50 17.06.2025. O'qildi: 806 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!