The Jerusalem Post nashrining amerikalik va yevropalik rasmiylarga tayanilgan xabariga ko‘ra, Donald Tramp Eronga “oxirgi imkoniyat” sifatida yangi taklif taqdim etmoqchi. Agar Tehron bu taklifni rad etsa, AQSh Isroil hujumlariga qo‘shilishi mumkin.
Yangi taklif avvalgisidan biroz yaxshiroq bo‘lishi mumkin, ammo u Eronning uranni boyitishdan to‘liq voz kechishini talab qiladi.
“Bu Vashingtonda aqldan ozgan tunda bo‘ldi — Oq uy va Pentagonda hamma ishda edi. Bu, ehtimol, eronliklar uchun AQSh faol aralashuvidan oldingi oxirgi imkoniyat bo‘lishi mumkin,” — dedi manba.
AQSh Yaqin Sharqqa USS Nimitz avianosesini va 30 ga yaqin yoqilg‘i quyuvchi samolyotni yubormoqda.
“Bu sahnaning birinchi pardasida ko‘rsatilgan to‘pponchadek — Tramp harbiy variantni inkor etmayotganini ochiq bildirmoqda,” — dedi yana bir manba.
Shu bilan birga, Oq uyning o‘zida ham AQSh aralashuvi bo‘yicha ixtilofli fikrlar mavjud — “oxir-oqibat, hammasini bitta qizil sochli hal qiladi,” — deyiladi manbada.