Bugun 12 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

84 millionlik "davlat boji" undirildi

84 millionlik "davlat boji" undirildi

Qo‘qon tumanlararo iqtisodiy sudining qaroriga asosan, Majburiy ijro byurosining Qo‘qon shahar bo‘limi ish yurituviga yirik qarzni undirish bo‘yicha ijro hujjati kelib tushdi. Byuro xodimlari, zamonaviy ijro tizimining barcha imkoniyatlaridan foydalangan holda, darhol ishga kirishdilar.

Qarzdor jamiyatning barcha mulklari xatlandi, bank hisob raqamlari esa "muzlatib" qo‘yildi. Bunday keskin choralar, albatta, jamiyat rahbariyatini jiddiy o‘yga soldi. Mol-mulkdan ayrilish va faoliyatning to‘xtab qolish xavfi ostida qolgan AJning rahbari zudlik bilan qarzni to‘liq to‘lashga qaror qildi.

Nihoyat, 84 million 155 ming 144 so‘m davlat boji to‘liq undirilib, belgilangan tartibda davlat byudjetiga yo‘naltirildi. Eng muhimi, bu mablag‘lar shunchaki g‘aznaga tushib qolmadi, balki mamlakatimizning eng muhim ijtimoiy dasturlari – "Temir daftar", "Yoshlar daftari", "Ayollar daftari" va "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armalariga ham taqsimlandi. Bu esa, undirilgan har bir so‘mning aholining ehtiyojmand qatlamlariga, yoshlarga va xotin-qizlarga bevosita yordam sifatida yetib borishini anglatadi.

Kiritildi: 09:38 10.06.2025. O'qildi: 528 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!