Bugun 12 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

NATO rahbari Yevropa havo mudofaasini 400 foizga kuchaytirishga chaqirdi

 NATO rahbari Yevropa havo mudofaasini 400 foizga kuchaytirishga chaqirdi

Mark Ryuttening fikricha, Yevropa havo va raketaga qarshi mudofaani sezilarli darajada kuchaytirishi kerak, chunki Rossiyadan tahdid Ukrainadagi urush tugaganidan keyin ham saqlanib qolishi mumkin.

❕ NATO Bosh kotibi Mark Ryutte Yevropada havo va raketalarga qarshi mudofaa kuchlarini 400 foizga oshirishga chaqirdi .

Ryuttening aytishicha, Rossiyaning Ukrainaga raketa zarbalari “havodan qilingan terror”dir. U urush tugagan taqdirda ham Yevropaga tahdid yo‘qolmasligini ta’kidladi.

“Rossiya Ukrainani yuqoridan zarbalar bilan qanday vahima qilayotganini ko‘rib turibmiz, shuning uchun biz osmonimizni himoya qiluvchi qalqonni mustahkamlaymiz”, — dedi u o‘z bayonotida.

NATO Bosh kotibi yangi kollektiv mudofaa rejasini taklif qilmoqda. U buni iyun oyi oxirida Gaagada bo‘lib o‘tadigan alyans sammitida taqdim etish niyatida. Ryutte NATO rahbarlaridan 2032 yilga borib harbiy xarajatlarni YAIMning 3,5 foizigacha oshirishni ma’qullashini kutmoqda. Yana 1,5 foiz tegishli vazifalarga - kiberxavfsizlik va chegaralarni himoya qilishga yo‘naltirilishi kerak.

Londonda Ryutte Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer bilan uchrashadi. Yangi hukumat rahbari 2027 yilga borib xarajatlarni YAIMning 2,5 foizigacha oshirishga va Britaniyani NATOdagi yetakchi harbiy kuchga aylantirishga va’da bergan edi.

O‘tgan hafta e’lon qilingan Strategik Mudofaa Sharhiga ko‘ra, Britaniya qurolli kuchlari hali Rossiya yoki Xitoyga qarshi turishga tayyor emas.

Hujjat mualliflaridan biri, Oq uyning Rossiya bo‘yicha sobiq maslahatchisi Fiona Xillning aytishicha, Britaniya ikki xavf o‘rtasida qolgan – kuchliroq Rossiya va AQSh qo‘llab-quvvatlashining zaiflashishi.

“Rossiya biz kutmagandek kuchliroq raqibga aylandi”, dedi Xill. U qo‘shimcha qildi: "Rossiya biz bilan urushmoqda."

Kiritildi: 07:49 10.06.2025. O'qildi: 554 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!