Bugun 12 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Isroil G‘azo sohillari yaqinida Greta Tunberg bo‘lgan kemani hibsga oldi

Isroil G‘azo sohillari yaqinida Greta Tunberg bo‘lgan kemani hibsga oldi

Xabar berilishicha, mamlakat harbiy-dengiz kuchlari G‘azo sektoriga yo‘l olgan Madleen kemasini to‘xtatdi. Bortda shved eko-faoli Greta Tunberg va yana 11 nafar faol bo‘lgan.

Isroil TIV bayonotiga ko‘ra, Madleen kemasining barcha yo‘lovchilari o‘z mamlakatlariga deportasiya qilinadi.

Avvalroq Greta Tunberg G‘azo sektoridagi “Isroilning qamalini yorib o‘tish” va u yerga gumanitar yordam yetkazishni maqsad qilganini aytgan edi. Isroil rasmiylari esa Tunbergning yaxtasi G‘azoga kiritilmasligini va buning uchun barcha choralar ko‘rilishini bildirgandi.

"G‘azoga yordam yetkazishning sinovdan o‘tgan yo‘llari mavjud va bu Instagram uchun selfilarni o‘z ichiga olmaydi. Bortdagi “yulduzlar” foydalanmagan gumanitar yukning ozgina qismi G‘azo aholisiga rasmiy kanallar orqali topshiriladi", deyiladi Isroil Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

Ijtimoiy tarmoqlarda “Ozodlik flotiliyasi” vakillari kemadagi ko‘ngillilar Isroil harbiylari tomonidan o‘g‘irlab ketilganini bildirgan va jahon hamjamiyatini ularning xavfsizligini ta’minlash uchun Isroil Tashqi ishlar vazirligiga bosim o‘tkazishga chaqirgan.

Kiritildi: 13:28 09.06.2025. O'qildi: 651 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!