Bugun 12 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Isroil harbiylari G‘azo tomon yo‘l olgan, Greta Tunberg bo‘lgan Madleen kemasiga chiqishdi

Isroil harbiylari G‘azo tomon yo‘l olgan, Greta Tunberg bo‘lgan Madleen kemasiga chiqishdi

Bu haqda “Ozodlik flotiliyasi” faollari xabar bermoqda.

"Madleen bilan aloqa uzildi", — deb yozdi “Ozodlik flotiliyasi” Telegram'da. Ular, shuningdek, qutqaruv jiletlarini kiygan odamlar qo‘llarini ko‘targan holda o‘tirgan suratni ham ijtimoiy tarmoqqa joylashtirdi. Hozircha ushbu suratning haqqoniyligini tekshirishning imkoni yo‘q. Isroil rasmiylari ham bu borada izoh bermagan.

Madleen kemasi 1 iyun kuni Sisiliyadagi Kataniya portini tark etdi. Gumanitar yordam yuklangan kema bortida atrof-muhit faollari, Tunberg va Yevroparlament deputati Rima Hassan bor. Ekipaj a’zolarining ma’lum qilishicha, kema 7 iyun kuni Misr suvlariga kirgan va G‘azo sektori tomon yo‘l olgan.

Kiritildi: 12:09 09.06.2025. O'qildi: 678 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!