Bugun 12 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Termizda elektr energiyasini o‘g‘irlagan fermer qo‘lga tushdi

Termizda elektr energiyasini o‘g‘irlagan fermer qo‘lga tushdi

"O‘zenergoinspeksiya" Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirida Termiz tumanida joylashgan "S. Y." fermer xo‘jaligiga qarashli suv chiqarish nasosi elektr hisoblagichdan tashqari ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 433,6 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 11:45 09.06.2025. O'qildi: 570 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!