Prezidentning tegishli farmoniga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda botanika yoki dendrologiya bog‘lari barpo etiladi.
Qayd etilishicha, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hamda o‘rmonlarni boshqarish tizimida islohotlarni izchil davom ettirish, yashil hududlarni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonda keltirilishicha, 2025/26-o‘quv yilidan boshlab Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) va unga biriktiriladigan “yashil” texnikumlarda o‘quv jarayoni dual ta’lim tizimi asosida yo‘lga qo‘yiladi.
Ilmiy-amaliy mashg‘ulotlarni tashkil qilish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda botanika yoki dendrologiya bog‘lari barpo etiladi.
Shuningdek, urug‘chilik, ko‘chatchilik, iqlim o‘zgarishi sohalarida qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil qilib boriladi.