Bugun 9 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Istanbul polisiyasi nima sababdan 20 kishilik guruhni qo‘lga oldi?

Istanbul polisiyasi nima sababdan 20 kishilik guruhni qo‘lga oldi?

Istanbul polisiyasi Turkiya kurortlarida dam olgani kelgan chet ellik sayyohlarning hisob raqamlaridan 1,1 milliard turk lirasi (29 million dollar) miqdoridagi mablag‘ni o‘g‘irlaganlikda gumon qilinayotgan 20 kishilik guruhni qo‘lga oldi.

Bu haqda Anadolu davlat agentligi xabar bermoqda.

"Guruhning ehtimoliy rahbari bo‘lgan Qushadasidagi mehmonxona egasi X.O. o‘z mehmonxonasida joy band qilgan chet ellik sayyohlarning karta ma’lumotlarini boshqa mehmonxona va avtomobil ijarasi kompaniyalariga uzatgan. Sayyohlar ta’tildan qaytgach, ularning kredit kartalaridan go‘yoki mehmonxonalarda dam olish va avtomobil ijarasi uchun bir necha bor pul yechib olinganini aniqlaganlar", deyiladi xabarda.

Guruhning ayrim a’zolari chet elliklarning karta ma’lumotlarini boshqa mamlakatlarga sayohat paytida qo‘lga kiritishgan. Noqonuniy yo‘l bilan topilgan mablag‘lar "yuvilgan" va ularga ko‘chmas mulk sotib olingan.

Kiritildi: 20:58 07.06.2025. O'qildi: 938 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!