Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Erondan Naxchivon orqali Turkiyaga ketayotgan yuk mashinasidan katta partiya marixuana topildi

Erondan Naxchivon orqali Turkiyaga ketayotgan yuk mashinasidan katta partiya marixuana topildi

Naxchivan Muxtor Respublikasi orqali Erondan Turkiyaga ketayotgan yuk mashinasidan 77 kg dan ortiq giyohvand moddalar topildi.

“Report”ning Naxchivan byurosi xabariga ko‘ra , Ozarbayjon hududi orqali tranzit yo‘lda Erondan Turkiyaga “devor panellari” olib ketayotgan va Turkiya fuqarosi boshqaruvidagi yuk mashinasi “Syadarak” bojxona postida kinologiya xizmatining xizmat iti yordamida har tomonlama ko‘rikdan o‘tkazildi.

Ko‘zdan kechirish chog‘ida yuk avtomashinasidan umumiy og‘irligi 77 kg 150 gramm bo‘lgan 24 o‘ramda marixuana giyohvandlik moddasi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 19:05 05.06.2025. O'qildi: 614 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!