Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

BAAga «kiritilmayotgan» o‘zbekistonliklar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi

BAAga «kiritilmayotgan» o‘zbekistonliklar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarpda Birlashgan Arab Amirliklari hududiga kirishda O‘zbekiston fuqarolari duch kelayotgan qiyinchiliklar, xususan, xalqaro aeroportlarda uzoq davom etgan tekshiruvlar tufayli fuqarolarning ushbu aeroportlarda uzoq vaqt qolib ketayotgani haqida xabarlar ko‘paydi.

O‘zbekiston TIV rasmiysi Ahror Burhanovning ma’lum qilishicha, mamlakatning BAAdagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan ushbu holatlarni hal qilish maqsadida faol choralar ko‘rilmoqda. Diplomatlar doimiy ravishda vaziyatni monitoring qilib, BAAning immigrasion va boshqa tegishli idoralari vakillari bilan uzluksiz muzokaralar olib bormoqda.

«Ushbu muzokaralar fuqarolarimizning mamlakat hududiga imkon qadar tezroq va muammosiz kirishini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, masalani joyida hal qilish uchun barcha sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, aeroportlarda yuzaga kelayotgan kechikishlar va tekshiruvlarning sabablari aniqlanmoqda, bu esa masalaning kelib chiqish ildizlarini tushunish va kelajakda bunday holatlarni oldini olishga yordam beradi», – yozadi Burhanov.

O‘z navbatida, o‘zbekistonliklarga imkon qadar qulaylik yaratish maqsadida Abu-Dabi shahridagi Elchixona va Dubay shahridagi Bosh konsulxona vakillari doimiy ravishda mahalliy aeroportlarda bo‘lib, O‘zbekiston fuqarolariga ko‘mak berib kelayotgani aytiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroqham mazkur masala yuzasidan rasmiy tushuntirish berilgan va unda O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalari BAAning tegishli tashkilotlari bilan muzokaralar o‘tkazgani va vaziyatni yaxshilash bo‘yicha doimiy aloqada bo‘lib turilgani haqida xabar qilingan edi.

Kiritildi: 17:55 05.06.2025. O'qildi: 1428 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!