Evrokomissiya Bolgariyada yevroning joriy etilishiga rasman ruxsat berdi. Komissiya ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat 2026-yil 1-yanvardan yagona Yevropa valyutasiga o‘tish uchun barcha zarur shartlarni bajargan.Evropa Markaziy banki, shuningdek, Bolgariya iqtisodiyoti bu qadamga “etarli darajada tayyor” ekanini ta’kidladi.
"Bolgariya endi yevroni qabul qilishga bir qadam yaqinlashdi. Mamlakat yevrohududdagi asosiy qarorlarni shakllantirishda o‘zining munosib o‘rnini egallaydi", - dedi Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen.
ECB bosh iqtisodchisi Filipp Leynning qo‘shimcha qilishicha, Sofiya hukumati zarur islohotlarni amalga oshirish uchun "katta qat’iylik" ko‘rsatgan.
Ilgari yevroning kiritilishi mamlakatdagi yuqori inflyasiya tufayli keyinga surilgan edi. Endi, Yevropa Komissiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili narxlarning o‘sishining o‘rtacha darajasi 2,7% ni tashkil etdi, bu ruxsat etilgan chegaradan bir oz past.
Agar Yevropa Ittifoqi moliya vazirlari iyul oyida qarorni ma’qullasa, Bolgariya yevrohududning 21-a’zosiga aylanadi - daromad darajasi bo‘yicha esa eng kambag‘al. Bolgariya milliy valyutasi lev 2020 yildan boshlab maxsus kurs mexanizmi orqali yevroga bog‘langan.