Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Xorazm va jizzax viloyatlarida sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqargan AYOQShlarga nisbatan chora ko‘rildi

Xorazm va jizzax viloyatlarida sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqargan AYOQShlarga nisbatan chora ko‘rildi

“O‘zenergoinspeksiya” Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Yangiariq tumanida joylashgan “N.” xususiy korxonasiga qarashli AYOQSh tomonidan sotilayotgan AI-95 markali avtobenzin hamda dizel yonilg‘isidan namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifasiz) aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida O‘zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 43-moddasi bo‘yicha hisob-kitob qilinib, 6,7 mln so‘m miqdorida iqtisodiy sanksiya qo‘llanildi.

1️⃣Bu kabi holat Jizzax viloyatidagi "V. O." MCHJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida ham dizel yonilg‘isi davlat standart talablariga mos kelmasligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYOQShlarda aniqlangan qoldiq saqlanayotgan sifasiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqarmaslik va sifatini qayta tiklash lozimligi bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Kiritildi: 16:00 03.06.2025. O'qildi: 538 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!