Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

O‘zbekistonda Xitoy yuani rasman sotila boshlandi

O‘zbekistonda Xitoy yuani rasman sotila boshlandi

NBU (O‘zmilliybank) Toshkentdagi barcha ayirboshlash shoxobchalarida Xitoy yuanini sotib olish va sotishni boshladi.

Bank matbuot xizmatiga ko‘ra, bu 1 iyundan kuchga kirgan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi vizasiz rejim fonida joriy etildi.

Qayd etilishicha, xorijlik mehmonlar va mahalliy aholiga qulaylik yaratish maqsadida yuan ayirboshlash xizmatlari Toshkent xalqaro aeroportida ham joriy etilgan. U yerdagi shoxobchalar kunu-tun ishlaydi.

Kiritildi: 15:40 03.06.2025. O'qildi: 1049 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!