Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Chiroqchida «Nexia-2» yonib ketdi

Chiroqchida «Nexia-2» yonib ketdi

Bugun, 2 iyun kuni Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida «Nexia-2» rusumli avtomobil yonib ketdi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, yong‘in soat 11:57 da ro‘y bergan. Hodisa haqidagi murojaat asosida Chiroqchi tumani FVBning 1 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi voqea joyiga soat 12:13 da yetib borgan. Qisqa fursatda yong‘in bartaraf etilgan.

Oqibatda avtomashinaning old qismi va saloni butunlay yonib ketgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Hozirda yong‘in kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori o‘rganilmoqda.

Kiritildi: 17:13 02.06.2025. O'qildi: 789 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!