Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Sochida o‘tkazilgan MDH turizm vazirlari kengashi yig‘ilishi ishtirokchilariga O‘zbekistonning sayyohlik sohasidagi islohotlari haqida ma’lumot berildi

Sochida o‘tkazilgan MDH turizm vazirlari kengashi yig‘ilishi ishtirokchilariga O‘zbekistonning sayyohlik sohasidagi islohotlari haqida ma’lumot berildi

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar Turizm vazirlari kengashining Sochi shahrida o‘tkazilgan yig‘ilishida Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev ishtirokchilarni O‘zbekistonning sayyohlik sohasidagi islohotlar bilan tanishtirdi.
O‘zbekistonda turizm barqaror taraqqiyot va iqtisodiy o‘sishning muhim omili bo‘lib qolgani, “yashil” turizmni joriy etish, sohani raqamlashtirish, qishloq, tibbiyot va gastronomik turizmni rivojlantirish, ichki yo‘nalishlarni, ekologik tashabbuslarni va raqamli xizmatlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani alohida ta’kidlandi.



Yig‘ilishda MDHning turizm ta’limi sohasidagi tayanch tashkiloti bo‘lmish Samarqanddagi Turizm va madaniy meros xalqaro universiteti faoliyatiga oid masalalar muhokama etildi.



Yig‘ilish yakunida 2025-2026 yillarni MDHDA Tog‘ turizmi yili deb e’lon qilish, davlatlararo sayyohlik yo‘nalishlarini kengaytirish hamda “Hamdo‘stlikning qimmatbaho marjoni” va “MDH Travel Hub” kabi qo‘shma loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslar qo‘llab-quvvatlandi.



Bundan tashqari, sayyohlar uchun MDHning yagona raqamli platformasini yaratish hamda turizm sohasidagi tahliliy va statistik ma’lumotlarni yuritish bo‘yicha takliflar ma’qullandi.



Kengash yig‘ilishi doirasida MDH turizm sohasi vakillari ishtirokida Yevroosiyo tog‘ kurortlari alyansining barqaror rivojlanishi bo‘yicha ekspertlar kengashi, MDHGA a’zo davlatlarning turizm masalalari yuzasidan biznes-muloqoti va boshqa tadbirlar o‘tkazildi.

Kiritildi: 21:04 29.05.2025. O'qildi: 493 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!