Bugun 31 may, 2025 yil, shanba

КИР

Ocharchilik sababli falastinliklar G‘azo sektoridagi BMT omboriga bostirib kirishdi

Ocharchilik sababli falastinliklar G‘azo sektoridagi BMT omboriga bostirib kirishdi

Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

"Isroil qamali tufayli ochlikdan aziyat chekayotgan odamlar to‘dasi BMT Jahon oziq-ovqat dasturining Deyr al-Balah shahridagi omboriga bostirib kirdi. Hodisa natijasida ikki kishi halok bo‘ldi, bir nechta odam yaralandi. G‘azoda oziq-ovqat va boshqa yordam yetkazilishi to‘xtagan 80 kunlik to‘liq blokadadan so‘ng gumanitar ehtiyojlar nazoratdan chiqib ketdi", deyiladi tashkilot bayonotida.

BMT gumanitar tashkilotlar uchun G‘azo sektoriga xavfsiz va to‘sqinliksiz kirish imkoniyatini darhol ta’minlashga chaqirdi.

Bunga javoban, bir kun oldin Isroil mudofaa armiyasi (SAXAL) mintaqadagi gumanitar inqiroz uchun BMTning o‘zini ayblagan edi. SAXAL ma’lumotiga ko‘ra, 400 ta gumanitar yordam ortilgan yuk mashinasi G‘azoda BMT tomonidan taqsimlanishini kutib turibdi.

Kiritildi: 12:09 29.05.2025. O'qildi: 466 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!