Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning ma’lum qilishicha, hafta oxirida bo‘lib o‘tgan yirik asirlar almashinuvidan so‘ng Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerov Rossiya delegasiyasi rahbari Vladimir Medinskiyga qo‘ng‘iroq qilgan.
> “Biz rossiyaliklar bilan aloqada bo‘ldik, Ukraina mudofaa vaziri janob Medinskiyga qo‘ng‘iroq qildi. Ular “Bo‘ladi, bo‘ladi”, deya javob berishdi. Ammo kutganimizni olmadik.
Biz Qo‘shma Shtatlarga murojaat qildik — ular ham Moskvaning javobini kutyapti. Hamma kutmoqda. Ehtimol, endi kutishga arzimaydi, jiddiyroq choralar ko‘rish kerak”, — dedi Zelenskiy.
Asirlar almashinuvi Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi harbiy va gumanitar kelishuvlar doirasida amalga oshiriladi. Bu jarayonda xalqaro vositachilar — xususan, AQSh ishtirokida muzokaralar olib borilgani ta’kidlanmoqda.