Bugun 31 may, 2025 yil, shanba

КИР

Ayrim huquqbuzarliklar uchun faqat jabrlanuvchining arizasi asosida ish yuritish amaliyoti joriy etilmoqda

Ayrim huquqbuzarliklar uchun faqat jabrlanuvchining arizasi asosida ish yuritish amaliyoti joriy etilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Senati tomonidan mazkur o‘zgarishni nazarda tutuvchi qonun ma’qullandi. Unga muvofiq, endilikda quyidagi ayrim huquqbuzarliklar bo‘yicha faqat jabrlanuvchining arizasi asosida ish yuritiladi:

🔹 Tӯhmat va haqorat;

🔹 Shaxsiy hayot daxlsizligiga tajovuz;

🔹 Yengil tan jarohati yetkazish;

🔹 Turar joy daxlsizligini buzish;

🔹 Moddiy yoki ma’naviy zarar keltiruvchi ma’lumotlarni oshkor etish;

🔹 Mulkka qasddan zarar yetkazish.

---

Muxim izoh:

Agar jabrlanuvchi voyaga yetmagan, nochor yoki huquqbuzarga qaram bo‘lsa, ariza bo‘lmasa ham ish qo‘zg‘atilishi shart etib belgilangan.

Bu o‘zgarish inson huquqlari va shaxsiy daxlsizlikni yanada kuchaytirishga qaratilgan muhim qadam sifatida baholanmoqda.

Kiritildi: 21:34 28.05.2025. O'qildi: 551 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!