Bugun 31 may, 2025 yil, shanba

КИР

Tramp Rossiya va Xitoy bilan ta’sir doiralarini bo‘lishish bo‘yicha “asr kelishuvi”ga erishishga urinishi mumkin — The New York Times

Tramp Rossiya va Xitoy bilan ta’sir doiralarini bo‘lishish bo‘yicha “asr kelishuvi”ga erishishga urinishi mumkin — The New York Times

Nashr bu haqda AQSh prezidentining so‘nggi bayonotlari va harakatlarining tahliliga asoslangan holda xabar bermoqda.

"Agar bu amalga oshsa, uchta yirik davlatning har biri o‘z geografik hududida XIX asrdagi “imperiyaviy boshqaruv” uslubida ustunlik qilishi mumkin. Bu Tramp Ukrainaning ayrim hududlari ustidan Moskva nazoratini “rasmiylashtirish”ga tayyorligini va Ukrainadagi resurslardan foydalanish imkonini beruvchi foydali qazilmalar bo‘yicha kelishuv g‘oyasini ko‘rib chiqishi mumkinligini anglatadi", deyiladi maqolada.

Tahlilchilarning fikricha, mazkur ehtimoliy kelishuv doirasida Ukraina hududi xuddi imperiyalizm kuchaygan davrdagiday bo‘lib olinishi mumkin.

Shuningdek, Tramp Yevropa va Osiyodagi AQSh qo‘shinlari sonini qisqartirishni rejalashtirmoqda, bu esa Rossiya va Xitoyga foyda keltiradi.

O‘z navbatida, Tramp Grenlandiya, Kanada va Panama kanalini nazorat qilishga erishmoqchi. Biroq, AQSh prezidentiga yaqin ayrim shaxslar, jumladan, uning birinchi ma’muriyatidagi amaldorlar, Trampning bayonotlari va harakatlarini "strategik jihatdan jiddiy" deb baholamaslik kerakligini ta’kidlashmoqda. Ularning fikricha, Qo‘shma Shtatlar prezidentining global tartib borasida aniq tasavvuri yo‘q.

Kiritildi: 14:29 28.05.2025. O'qildi: 588 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!