SpaceX kompaniyasining Oy va Marsga parvozlar uchun mo‘ljallangan Starship raketasining parvozi avariya bilan yakunlandi.
Kema orbitaga chiqdi, biroq yarim soatdan keyin uning balandlikni nazorat qilish tizimi ishlamay qoldi va u nazoratsiz aylana boshladi.
Er atrofida bir marta aylangandan so‘ng, Starship boshqaruvni yo‘qotdi va Hind okeani ustidan atmosferaga kira boshladi. Kema bilan aloqa uchirishdan 10 daqiqa o‘tib uzildi.
Raketa avval ham sakkiz marta uchirilgan, shundan atigi to‘rt marta uchirish muvaffaqiyatli bo‘lgan.