Joriy yilning 27 may kuni soat 15:15 larda Chilonzor tumani Bunyodkor shoh ko‘chasi ikkinchi darajali yo‘lida haydovchi 2004 yilda tug‘ilgan A.K. boshqaruvidagi BMW rusumli transport vositasi va 1996 yilda tug‘ilgan A.A. boshqaruvidagi Matiz rusumli transport vositasi o‘zaro to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH natijasida tan jarohat olganlar yo‘q.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.