Bugun 29 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Shimoliy Yevropa davlatlari hukumat rahbarlari Rossiya xavf tug‘dirayotganidan ogohlantirmoqda — DPA

Shimoliy Yevropa davlatlari hukumat rahbarlari Rossiya xavf tug‘dirayotganidan ogohlantirmoqda — DPA

26 may kuni Finlandiyada bo‘lib o‘tgan sammitda Shimoliy Yevropa mamlakatlari hukumat rahbarlari Rossiya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishdan manfaatdor emasligini bildtrdi.

"Dam olish kunlarida sodir bo‘lgan dahshatli hujumlar, afsuski, biz allaqachon bilgan narsamizni isbotlaydi: Rossiya tinchlikdan manfaatdor emas. Kun davomida prezident Vladimir Putin muzokaralar haqida gapiradi, kechasi esa Ukrainani bombardimon qiladi. Shuning uchun Ukraina bundan ham ko‘proq yordam olishi kerak", — dedi Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen Finlandiyada Shimoliy Yevropaning boshqa davlatlaridan kelgan hamkasblari bilan uchrashuvdan keyin.

Finlandiya bosh vaziri Petteri Orpo ham shunday fikr bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, "Rossiya Finlandiya va butun Yevropa uchun uzoq muddatli xavf tug‘diradi". Orponing aniqlik kiritishicha, gap nafaqat harbiy soha haqida, balki kiberhujumlar va Boltiq dengizi tubidagi aloqa kabellarining qayta-qayta shikastlanishi kabi holatlar haqida ketmoqda.

Finlandiya bosh vaziri, shuningdek, Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarda Rossiyaning konstruktiv ishtirokiga erishish uchun Vladimir Putinga xalqaro bosimni kuchaytirishga chaqirdi.

Kiritildi: 12:08 27.05.2025. O'qildi: 617 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!