“Qimmatli qog‘ozlar bozorida hiyla-nayrangni oldini olish” qoidalari Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 3625-son, 27.05.2025 y.).
🔰 Mazkur Qoidalar qimmatli qog‘ozlar bozorida hiyla-nayrangni oldini olish va unga yo‘l qo‘ymaslik tartibini belgilaydi.
🏛 Istiqbolli loyihalar milliy agentligi qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi hisoblanadi.
🚫 Qoidalarga ko‘ra, qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi (Ishtirokchi) ga yolg‘on (chalg‘ituvchi) vaziyatlar yaratish, shu jumladan quyidagilar taqiqlanadi:
🔸 mulkdorning o‘zgarishiga olib kelmaydigan bitimni amalga oshirish;
🔸 yolg‘on yoki boshqa bozor ishtirokchilarini chalg‘itadigan har qanday ma’lumotlarni berish va tarqatish;
🔸 uchinchi shaxslarni qimmatli qog‘ozlarni manipulyatorlar uchun qulay narxda sotib olishga (sotishga) undash maqsadida narxlarini sun’iy ravishda oshirishga/pasaytirishga, soxta yoki chalg‘ituvchi faol savdo taassurotini uyg‘otishga qaratilgan harakatlarni sodir etish.
✔️ Qimmatli qog‘ozlar savdosining tashkilotchilari va boshqa ishtirokchilar hiyla-nayrang alomatlari mavjud bo‘lganda, bu haqda vakolatli organni bitim ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran 3 kun ichida xabardor qilishi shart.