"Tajribali ofiserlar orasida ham, yangi safarbar qilingan askarlar orasida ham urushning tugashi bo‘yicha aniq reja yo‘qligi va hayot behuda qurbon qilinayotgani haqidagi his-tuyg‘ular kuchayib borayotgani sababli ruhiyat zaiflashmoqda," deb yozadi nashr.
Pokrovsk yaqinidagi hujum bo‘linmasi qo‘mondonining o‘rinbosari ular hali ham mudofaani ushlab turganliklarini, biroq "kuchdan qolganliklarini" aytdi. U 2014 yildan buyon jang qilmoqda.
Nashrning yozishicha, "Trampning urushni 24 soat ichida tugatish haqidagi saylovoldi va’dasi dastlab unda umid uchqunini paydo qilgan. Ammo so‘nggi voqealar uni va uning qo‘shinlarini bu xabarni e’tiborsiz qoldirishga majbur etdi, chunki bu ularni g‘azablantiradi". Nashr UQK harbiylarining charchoq tufayli o‘zlarini "zombi" deb atashini ham qo‘shimcha qiladi.